Farğona viloyati Qöqon şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida öz xonadonida giyohvand moddalar saqlab kelayotgan şaxs qölga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Farğona viloyati IIB, Qöqon şahar IIB tezkor xodimlari tomonidan huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida 1972 yilda Danğara tumanida tuğilgan, Qöqon şahar Bobur köçasida yaşovçi fuqaro B.Y.ning yaşaş manzili közdan keçirilgan. Tekşiruv davomida uning oğilxonasida 1 kilogramm opiy va 50 gramm marixuana giyohvand moddalarini kelgusida ötkaziş maqsadini közlab, saqlab kelayotgani aniqlangan va hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi tartibida hujjatlar rasmiylaştirilib, tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.