Samarqand viloyati Jomboy tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda xonadonlardan biridan giyohvandlik moddalari topilgan va musodara qilingan.
«Samarqand viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan Jomboy tumanida Eski Jomboy mahallasida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan A.A.ning yaşaş uyi va yordamçi xöjalik xonalarida tintuv ötkazilganda oğirligi 31 kilogramm 855 gramm bölgan marixuana giyohvandlik vositasi, 2 gramm opiy giyohvandlik moddasi va 2 dona psixotrop tabletka topilib, tegişli tartibda rasmiylaştirildi», deyiladi ÖzA xabarida.

DXX viloyati boşqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida Samarqand tumanida yaşovçi 1991 yilga tuğilgan R.A. hamda 1992 yilda tuğilgan B.M. 198 dona «Zardeks» psixotrop dori vositasini mahalliy fuqaroga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















