10:19 / 10.11.2022
10543

Sotish uchun poytaxtga olib ketilayotgan o‘lgan mol go‘shti Navoiyda to‘xtatib qolindi

Laboratoriya birlamchi tekshiruv natijalariga ko‘ra olib ketilayotgan go‘sht iste’molga yaroqsiz deb topilgan.

Foto: Navoiy viloyati IIB

Navoiy viloyati IIB axborot xizmati “Samarqand” YPX maskanida Buxorodan poytaxtga sotish maqsadida olib ketilayotgan iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolingani haqida xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, buxorolik 37 yoshli Akmal ismli shaxs nobud bo‘lgan qoramol go‘shtini sotib, daromad qilmoqchi bo‘lgan. U go‘shtni taksiga yuklab, Toshkent shahrida tanishi kutib olishini aytgan. Poytaxt tomon jo‘natilgan yaroqsiz go‘sht “Samarqand” YPX maskanida ichki ishlar xodimlari tomonidan aniqlangan. 

Go‘sht yaroqlilik darajasini tekshirish maqsadida Navoiy viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga qarashli tashxis markaziga olib borilgan. Laboratoriyaning birlamchi tekshiruv natijalariga ko‘ra esa u iste’molga yaroqsiz deb topilgan.

Top