Göşt oqsil, temir, vitamin B12 va boşqa zaruriy moddalarga boy, mazali ozuqa sifatida ratsionimizdagi asosiy yeguliklardan biri bölib qolgan. Lekin şunça foydasiga qaramay göşt, ayniqsa, tovuq va baliq göştlari özida turli patogenlar — bakteriya va viruslarni olib yurgani tufayli ovqatdan zaharlanişga sababçi bölişi mumkin. Şuning uçun göşt xavf yuqori bölgan oziq-ovqatlar turiga kiradi.

Dunyodagi köplab taom pişiriş an’analariga köra, göştni yuvib işlatiş oşxonada tozalikka rioya qilişning zaruriy şarti sifatida köriladi. Uni yuvişda limon şarbati yoki oq sirka kabilardan ham foydalaniladi.
Göşt qanday yuviladi?
Odatda, göşt bölagi butun yoki töğralgan holatda oqar suvda yuviladi va şu tarzda undagi ortiqça yoğ, teri yoki boşqa nokerak jismlar olib taşlanib, tozalanadi.
Ba’zida göştni oqar suvda yuvişdan oldin turli aralaşmalar bilan işlov beriş mumkin. Söng u yuvilib, muzlatiladi yo pişiriladi.
Ba’zi hududlarda yangi söyilgan hayvon göştlari sotiladigan bozorlar yoki tanlangan hayvonlar maxsus söyib beriladigan qassobxonalar böladi. Bunday paytda söyiş amaliyoti tugagaç göştdagi turli suyak va agar bölsa, qon qoldiqlarini yuviş odatiy holatdir.
Xom göştda ovqatdan zaharlanişga sabab böluvçi turli bakteriya va viruslar bölişi mumkin. Oziq-ovqatdan kelib çiqadigan odatiy patogenlar orasida salmonella, listeria, kampilobakteriya kabi bakteriyalar mavjud.
AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi (CDC) göştni yuviş oşxonada rakovina, stol usti va boşqa yuzalarda mikroblar tarqalişiga sabab bölişi xavfidan ogohlantirgan.
Göşt yuvilganda undagi bakteriyalar tarqalib, xom tarzda iste’mol qilinadigan meva va salatlarga yuqib qolişi xavfi bor. Şuning uçun bu jarayon odamlarga qöşimça zarar berişi, kuçli ehtiyot çoralarini körişni talab etişi mumkin.
Xom göşt yuvilişi natijasida rakovinaga tarqalgan bakteriyalarni şunçaki köpikli suv bilan yuvib tozalab bölmaydi. Ular boşqa narsalarga "ilakişib" qoladi.
Şuning uçun ham töğri yeçim — göştni yuvmaslik.













