Yeyiş uçun boqilayotgan 18 milliard hayvon yo fermada, yo dökon, restoranlarda yo odamlarning oşxonasida çiqindi idişga taşlanadi. 735 million atrofidagi odam oçlik bilan qarşilaşayotgan dunyo uçun katta bölgan bu raqamlar Barqaror işlab çiqariş va iste’mol jurnalida çop etilgan tadqiqotda körsatilgan.

Ovqat idişigaça yetib bormayotgan hayvonlar

Niderlandiyadagi Leiden universiteti tadqiqotçilari dunyoda yillik oziq-ovqat isrofi böyiça örganiş ötkazdi. 2019 yilda söyilgan 75 milliard hayvondan 18 milliardi yeyilmagani aniqlandi. Tadqiqotda mol, qöy, eçki, çöçqa, tovuq va kurkaning fermada boqilişidan tortib, quşxonalarda söyiliş bosqiçi-yu, restoran va xöjaliklarga tarqatilib, ovqat idişiga kelib tuşgunigaça bölgan jarayonlar örganilgan. Tadqiqotga dengiz hayvonlari kiritilmagan.

2019 yilda isrof qilingan hayvon göştlari

Göşt çiqindilarning aksariyati atigi 10 mamlakatda – Xitoy, AQŞ, Braziliya kabi yirik va yuqori yoki örta daromadli davlatlarga töğri keladi. Tadqiqotçilar, şuningdek, aholi jon boşiga qança hayvon behuda ölib ketayotganini ham örgangan. Bunda eng yomon körsatkiç AQŞga tegişli bölib, 1 kişiga 7,1 hayvon isrof qilingani aniqlangan. Bu kişi boşiga örtaça 2,4 hayvon isrofi töğri keladigan global körsatkiçdan uç baravar köpdir.

Göşt yetiştiruvçi TOP5 mamlakatlarda kişi boşiga isrof bölayotgan hayvonlar

Oziq-ovqat isrofi oşyapti

Tadqiqotçilar raqamlarni körsatiş orqali siyosatçilar va iste’molçilarning oziq-ovqat iste’moli isrofiga e’tibor qaratişlaridan umid qilgan. Biroq şuni ta’kidlaş kerakki, 2015 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Boş Assambleyasida dunyo yetakçilari 2030 yilga borib oziq-ovqat çiqindilarini ikki baravar kamaytiriş majburiyatini olgan. Raqamlarga tayanilsa, muammo global miqyosida yana ham yomon tus olayotganini köriş mumkin. Ayniqsa sönggi yillarda AQŞda oziq-ovqat çiqindilari köpaygan.