Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, Kökdala tumanida joylaşgan «Umakay» muntazam yöl-patrul maskanida Nexia maşinasi töxtatilgan.

Hujjatlarni tekşiriş jarayonida maşinada sanitariya qoidalariga zid ravişda qariyb 1 tonna göşt ortib ketilayotgani aniqlangan. Dastlabki suriştiruvda haydovçi özining oti va qoramollarini söyib, göştini Toşkentga olib ketayotganini aytgan.

Göşt tegişli tartibda hujjatlaştirilib, viloyat veterinariya sanitariya-epidemiologiya markazida tekşirib körilganda uning iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bölgan. Şundan söng iste’molga yaroqsiz göşt tegişli tartibda yöq qilingan.

Avvalroq, «Umakay» muntazam yöl-patrul maskanida Çiroqçi tumanida yaşovçi şaxsga tegişli Cobalt maşinasiga ortib ketilayotgan 830 kilogramm iste’molga yaroqsiz göşt töxtatib qolingandi.