13:22 / 17.11.2022
10731

Butun Ukraina bo‘ylab havo trevogasi e’lon qilindi

Butun Ukraina bo‘ylab havo trevogasi e’lon qilindi. Mahalliy matbuot Poltava, Cherkassk, Xarkiv, Kiyev va Dnipropetrovsk viloyatlarida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qilmoqda. 

Foto: AP

Ushbu xabarlarga ko‘ra, energetika infratuzilmasi obektlari raketa hujumlariga uchragan. Dnipro shahrida infratuzilma obektlariga ikkita zarba berilgani tasdiqlandi, kamida bitta qurbon bor. 

Odessa viloyati ma’muriyati ham infratuzilma obektiga raketa hujumi uyushtirilgani haqida xabar bermoqda. 

Avvalroq, 15 noyabr kuni Ukraina hududini ommaviy o‘qqa tutish paytida Rossiya 90 ta raketani uchirish uchun 700-900 million dollar sarflagandi. 

Ukraina Harbiy havo kuchlari raketalarning aniq soni va turlariga aniqlik kiritmadi. Biroq, ma’lumki, bitta X-101 raketasining taxminiy narxi 13 mln dollar, «Kalibr» - 6,5 mln dollar, X-555 - 4 mln dollar turadi, deb yozdi Forbes. So‘nggi zarbalar Tu-95 va Tu-160 samolyotlari orqali X-101 va X-555 raketalari bilan amalga oshirilgan. 

10 oktyabr kuni Ukraina hududiga qilingan dastlabki yirik raketa hujumi Rossiya Federatsiyasiga 400-700 million dollarga tushgan edi. Shu vaqtda Rossiya 84 ta qanotli raketa va 24 ta dronni uchirdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top