08:14 / 10.01.2023
10105

Zelenskiy: Ukraina Soledarda qo‘shimcha vaqtni qo‘lga kiritdi

Rossiya Qurolli kuchlari hozir asosiy sa’y-harakatlarini Soledarga qaratdi, ammo bu og‘ir va uzoq davom etgan jangning natijasi butun Donbassning rus okkupatsiyasidan ozod qilinishi bo‘ladi. 

Foto: president.gov.ua

Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy vatandoshlariga o‘zining an’anaviy kechki murojaatida aytib o‘tdi.

«U yerda, Soledarda askarlarimiz qat’iyati tufayli biz Ukraina uchun qo‘shimcha vaqt va qo‘shimcha kuchlarni qo‘lga kiritdik. Nima Rossiya u yerda g‘alaba qozonishni xohladimi? Hamma narsa butunlay vayron bo‘ldi, deyarli hech qanday hayot qolmadi. Minglab odamlarni yo‘qotdi. Soledardagi barcha yerlar okkupantlar jasadlari va zarbalardan yara izlariga to‘ldi. Bu jinnilikka o‘xshaydi», - dedi Zelenskiy.

Bir necha soat oldin Ukraina Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Anna Malyar Rossiya kuchlari Soledarga yangi kuchli hujum uyushtirganini aytdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top