11:32 / 02.02.2023
27062
Reklama

Endi Uzum Market – mamlakatning barcha hududlarida

Foto: Uzum Market

Mamlakatimizning barcha hududlarida yashovchi aholi buyurtmalarni bir kun ichida olish imkoniga ega bo‘ldi: Uzum Marketʼning buyurtmalarni berish punktlari va kurer orqali yetkazib berish xizmati yurtimizning 26 ta shahrida ishlamoqda. Faoliyat geografiyasini kengaytirish bilan bir qatorda, marketpleys tadbirkorlar uchun platforma bilan ishlashni ham soddalashtirdi: endi marketpleysda sotish uchun tovarlarni Uzum Market buyurtmalar berish punktlariga topshirish mumkin.

Bir necha oy ichida Uzum Market marketpleysi jami 60 ta buyurtmani berish punktlarini ishga tushirdi, mart oxiriga qadar kompaniya o‘zining 100-punktini ochadi – shu tariqa, tezda yetkazib beriladigan 200 mingdan ziyod noyob tovarlardan iborat assortimentdan mamlakatimizning barcha hududlari aholisi foydalana oladigan bo‘ldi. Yil oxiriga qadar kompaniya maishiy texnika va kosmetikadan to avtotovarlar va gadjetlargacha bo‘lgan tovarlar assortimentini 800 ming noyob nomgacha kengaytirishnigina emas, balki sotuvchilar uchun servisni yanada qulay qilishni ham rejalashtirgan.

— Bugun mamlakatning turli chekkalaridan bir necha ming kompaniya va tadbirkorlar marketpleysda o‘z tovarlarini sotmoqdalar. Yangi servis tufayli tovarni Toshkentga ularning o‘zlari olib kelishlariga zarurat qolmaydi – mamlakatning 9 ta shahridagi qabul qilish punktlaridan eng yaqiniga keltirib bersalar, kifoya, - deydi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov. – Qolaversa, 31 martga qadar bu xizmat mutlaqo bepul taqdim etiladi. Bizning vazifamiz – onlayn-biznes rivojlanishini maksimal darajada soddalashtirish, marketpleysda tovarlar sotuvini esa – sotuvchilarimiz uchun foydali qilish.

O‘z tovarlarini Uzum Market’da sota boshlash uchun tadbirkorlar platformada ro‘yxatdan o‘tsalar (batafsil yo‘riqnoma bilan marketpleys saytida tanishish mumkin) yoki Telegram orqali yangi hamkorlarni qo‘llab-quvvatlash menejyeriga murojaat qilsalar yetarli. 

Reklama

Top