“2023 yil oxirida men Uzum Market’dagi birinçi 3 ta buyurtma topşiriş punktini oçdim — öşa paytda model sinov rejimida çeklangan tarzda işlar edi. 2024 yildan boşlab u asta-sekin kengayib bordi va hozirda respublikaning 13 viloyatida Uzum Market’ning 28 ta BTP’iga egaman. Yil yakuniga qadar ularning sonini 40 taga yetkaziş rejalaştirilgan. Hozirda 5 ta nuqta quriliş bosqiçida. Özbekistonning deyarli barça hududlarida topşiriş punktlarini oçyapman.
Örtaça hisobda mening jamoamda bitta topşiriş punktini oçiş uçun taxminan 3 hafta vaqt ketadi. Jamoada 3 nafar asosiy xodim bor:
- strategik masalalar va muzokaralar — mening zimmamda,
- barça tölovlarni (ijara tölovlari, kommunal tölovlar, ma’murlarga iş haqi va boşqalar) amalga oşiruvçi va nazorat qiluvçi buxgalter,
- va joylaşuvlarni qidiriş va şartnomalarni kelgusida kuzatib boriş bilan şuğullanadigan mutaxassis.

Şuningdek, har bir hududda işbay işlaydigan quruvçilar jamoasi va buyurtma beradigan yollanma ma’murlar bor. Şunday qilib, biz butun respublika böylab tobora köproq yangi iş örinlarini yaratmoqdamiz, bu esa har bir xodim uçun rasmiy iş haqi deganidir.
Har bir BTP’iga örtaça 45-50 mln söm sarmoya kiritaman. Eng daromadli payt noyabr va dekabr oylaridir, çunki bu davrda Uzum Market’da maksimal çegirmalar böladi va odamlar juda köp buyurtmalar berişadi. Bunday biznes modelining özini oqlaşi bir yildan ikki yilgaça.
Uzum Market mutaxassislari jarayonga maksimal darajada jalb etilgan — har bir BTP uçun işçi guruh tuziladi, u yerda barça yuzaga keladigan masalalar tezkorlik bilan hal etiladi. U yerda barça yönalişlar böyiça iştirokçilar bor: quriliş, HR, şartnoma munosabatlari va boşqalar. Şuningdek, hamkasblar yangi xodimlar uçun treninglar taşkil etişadi.
Avvalo joyni töğri tanlaş juda muhim. Yaqin atrofda hali işlayotgan BTP yöqligiga, joy yetarli darajada gavjum, ötiş uçun qulay bölişiga, odamlar ziç joylaşgan turar joy massivida bölişiga e’tibor qaratiş muhimdir”.
Uzum Market matbuot xizmati suhbatlaşdi.
Reklama huquqi asosida







