Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya bosh vaziri Kiyevga bordi
Foto: Reuters
Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun Kiyevga keldi. Bu haqda NOS xabar berdi.
Unga ko‘ra, vazirlar mahkamasi rahbari «Ukraina birligi uchun halok bo‘lganlar xotirasi devori»ga gulchambar qo‘ydi. Keyinroq, 17 fevral kuni Ryutte Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Avvalroq Niderlandiya bosh vaziri 2022 yil iyul oyida Kiyevga tashrif buyurgan edi. Ukraina poytaxtiga Niderlandiya tashqi savdo va rivojlanish bo‘yicha hamkorlik vaziri Lishe Shraynemaxer ham keladi.
Bundan oldin Die Welt gazetasi Daniya va Niderlandiya hukumatlari Ukrainani jangovar tanklar bilan ta’minlash qarorini qayta ko‘rib chiqishgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte qirollik Ukrainaga uning mamlakati Germaniyadan ijaraga olgan va hali ham nemis-niderland batalonida xizmatda bo‘lgan 18 ta Leopard 2 tankini berishi mumkinligini aytgan edi, deb eslaydi gazeta.
Biroq Haaganing Die Welt so‘roviga javobida aytilishicha, ular bu tanklarni Ukrainaga bera olmaydi. «Ushbu qaror Niderlandiya va Germaniya o‘rtasida puxta muvofiqlashtirilgandan so‘ng qabul qilindi», — deya qirollik rasmiylarining javobidan iqtibos keltiradi tahririyat.
Mavzuga oid
16:13 / 30.01.2026
Rossiya va Ukraina 2026 yilda ilk bor halok bo‘lganlar jasadlarini almashdi
12:49 / 30.01.2026
Berlin ballistikaga qarshi yangi sun’iy yo‘ldosh dasturini boshlamoqda
12:21 / 30.01.2026
YeI mashhur rossiyalik teleboshlovchilarni sanksiya ro‘yxatiga kiritdi
11:44 / 30.01.2026