21:24 / 07.03.2023
87198

Apple iPhone 14 smartfonlarini yangi rangda taqdim etdi 

Buyurtmalar 10 mart kuni ochiladi, yangi smartfonlarni xaridorlarga yetkazib berish esa 14 martdan boshlanadi. 

Foto: Apple

Apple iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlarining yorqin sariq rangdagi yangi versiyalarini taqdim etdi. Yangi mahsulotlarning narxi iPhone 14 uchun 799 dollardan, iPhone 14 Plus uchun 899 dollardan boshlanadi. 

Yangi rang iPhone 14 va iPhone 14 Plus uchun taqdim etilgan qora, oq, ko‘k, binafsha va qizil ranglar qatorini to‘ldirdi. Texnik jihatdan yangilik 2022 yilning kuzida taqdim etilgan smartfonlar bilan aynan bir xil. 

Sariq rangli iPhone 14 va iPhone 14 Plus modellariga oldindan buyurtmalar 10 mart kuni ochiladi, yangi smartfonlarni xaridorlarga yetkazib berish esa 14 martdan boshlanadi.

Mavzuga oid
Top