10:07 / 14.03.2023
6134

Xitoy 2020 yildan beri birinchi marta barcha turdagi vizalar berishni boshlaydi

15 martdan boshlab Xitoy chet el fuqarolariga koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yil mart oyida to‘xtatilgan barcha turdagi vizalar berishni tiklaydi.

Foto: Picture Alliance

15 martdan boshlab Xitoy chet el fuqarolariga 2020 yil mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan barcha turdagi vizalar berishni tiklaydi. Bu haqda 14 mart, seshanba kuni Xitoy TIV Konsullik boshqarmasida ma’lum qilindi. Reuters aniqlik kiritishicha, chora Xitoy iqtisodiyotini deyarli yarim asrdagi eng past o‘sish sur’ati fonida jonlantirishga qaratilgan.

Bir qator hududlar uchun ham vizasiz rejim tiklanadi: 2018 yilning 1 mayidan boshlab Rossiya va boshqa 58 davlatdan kelgan sayyohlar Xitoyning Xaynan oroliga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin edi. Xuddi shu rejim kruiz kemalaridagi sayohatchilar uchun ham amal qiladi - agar ular Shanhay portiga kirsa. Bundan tashqari, Hongkong va Makaodan kelgan xorijliklar guruhlari uchun janubiy Guangdong provinsiyasiga vizasiz kirish qayta tiklanadi. 

Shuningdek, vizasiz rejim Guansi-Chjuan avtonom tumanidagi Guilin shahridagi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) turistik guruhlari uchun yana amal qiladi. 2020 yil 28 martgacha berilgan amaldagi vizasiga ega xorijliklar ham Xitoyga kirishlari mumkin bo‘ladi. 

Yanvar oyida Xitoy o‘z fuqarolariga xorijga chiqishga ruxsat berdi. Bundan tashqari, guruh bo‘lib borish mumkin bo‘lgan mamlakatlar soni XXR hukumati tomonidan 60 tagacha kengaytirildi. 

Butunxitoy xalq vakillari kengashining 13 mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasi delegatlari hukumatning mamlakat yalpi ichki mahsulotini besh foizga oshirish va mudofaa xarajatlarini ko‘paytirish bo‘yicha rejalarini ma’qulladi. 

Xitoy hukumati lokdaunlar va karantinlar bilan koronavirusga nisbatan nol toqat siyosatini tugatgandan so‘ng, iqtisodiy tiklanishga umid qilmoqda. Kon’yunkturani rag‘batlantirish uchun o‘tgan yilga nisbatan yuqoriroq yangi qarz ko‘zda tutilgan. Xitoyda budjet taqchilligi hajmi taxminan 3 foiz (o‘tgan yili - 2,8 foiz) darajasida rejalashtirilgan. 

Butunxitoy xalq vakillari kengashi sessiyasida qabul qilingan hukumat hisobotida joriy yilda 12 million yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan, bu 2022 yilga nisbatan bir millionga ko‘p. Rasmiylar ishsizlikni 5,5 foiz va inflatsiyani 3 foiz darajasida kutmoqda. 

Top