Xorazm
Xorazm
Xorazm viloyati O‘zbekiston shimolida joylashgan. U janubiy-g‘arbda Turkmaniston, shimoliy-sharqda Qoraqalpog‘iston respublikasi, sharqda Buxoro viloyati bilan chegaradosh.
U 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Ungacha 1925 yil fevraldan 1938 yil yanvargacha Xorazm okrugi bo‘lgan.
Viloyat hududi 6,1 ming kilometr kvadrat bo‘lib, aholisi 1 mln 971 ming kishi (2023 yil 1 iyul holatiga).
Xorazm viloyatida 10 ta tuman bor. Ma’muriy markazi Urganch shahri. Viloyat aholisining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etadi.
Viloyat hududida juda ko‘plab tarixiy yodgorliklar bor. Jumladan, Xivada butun boshli tarixiy shaharcha saqlanib qolgan.
Bundan tashqari, Xorazm viloyati o‘zining mazali guruchlari va baliqlari bilan mashhur.