Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
Afg‘oniston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Shayx Abdul Rahmon Samarqanddagi forum doirasida Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida mamlakatda 2025 yil davomida narkobiznesga jiddiy zarba berilganini ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Samarqand shahrida o‘tgan global forumda Afg‘oniston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Shayx Abdul Rahmon Munir mintaqadagi eng og‘riqli nuqta – transmilliy narkotrafikka qarshi Kobul tomonidan olib borilayotgan keskin va murosasiz kurashning yashirin raqamlarini ochiqladi.
U siyosiy bosim va izolyatsiyalarga qaramay, Afg‘oniston ikki million tonnadan ortiq zaharli moddalarni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qilib, xalqaro hamjamiyatni doimiy tanqiddan amaliy hamkorlikka o‘tishga chaqirdi.
Vazir o‘rinbosari xalqaro forum tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
«Ushbu sammit insoniyatga jiddiy tahdidlardan biri, ya’ni transmilliy giyohvandlik haqida fikr almashish va muhokama qilish uchun qimmatli imkoniyat yaratadi. Shubhasiz, bunday uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi qarashlarni birlashtirish va amaliy hamkorlikni mustahkamlash uchun yaxshi asosdir», – deydi Kun.uz muxbiriga Abdul Rahmon Munir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil davomida narkobiznesga jiddiy zarba berilgan. Xususan, yil davomida mamlakat miqyosida 42 mingga yaqin tezkor amaliyot o‘tkazilib, narkojinoyatlarda gumonlangan 11 mingga yaqin shaxs qo‘lga olingan. Shu bilan birga, 450 ta yashirin laboratoriya yo‘q qilinib, 2 million tonnadan ziyod turli xil giyohvand moddalar, alkogol va psixotrop vositalar muomaladan chiqarilgan. Nazorat tadbirlari natijasida 19 ming gektardan ortiq maydondagi ko‘knor va gashish plantatsiyalari vayron qilinib, 28 mingdan ortiq giyohvand shaxs reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan.
Shuningdek, Afg‘oniston islom amirligi rahbariyati tomonidan mamlakatda giyohvand moddalarni butunlay yo‘q qilish bo‘yicha bir qator farmonlar chiqarilgan.
Vazir o‘rinbosari o‘z nutqida Afg‘onistonda ushbu kurashning huquqiy asoslari kuchaytirilganini, noqonuniy faoliyat uchun jazo muqarrarligi ta’minlanganini alohida qayd etdi. Uning fikricha, giyohvandlikka qarshi kurash jarayonini siyosiylashtirish yoki undan bosim vositasi sifatida foydalanish global xavfsizlikka zarar yetkazadi. Shu bois, Afg‘oniston tomoni xalqaro hamjamiyatni mamlakatdagi real vaziyatni adolatli baholashga hamda izolsiya emas, balki o‘zaro ishonch va amaliy hamkorlik tamoyillari asosida ish tutishga chaqirdi. Transmilliy jinoyatchilikka qarshi faqat birlashgan holda va ziddiyatlardan xoli muhitdagina samarali kurashish mumkinligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026