Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Byudjyet mablag‘lari hisobiga davolash qanday amalga oshiriladi?
Foto: iStock
Vazirlar Mahkamasining 5.09.2017 yildagi 696-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat 2017 yilning 1 dekabridan amalga kiritiladi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Tibbiy yordam ko‘rsatilishiga yo‘llanma olish uchun mijoz yashash joyi bo‘yicha qishloq vrachlik punktiga, qishloq yoki shahar oilaviy poliklinikasiga murojaat qilishi zarur.
Bunda yo‘llanma berilgan mijozlarning imtiyozli toifaga ularga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish uchun order rasmiylashtiriladi. U tibbiy-tanlov komissiyasining xulosasi asosida beriladi.
Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam:
• tuman (shahar) darajasida (pullik tashkilotlar, bo‘lim va palatalar bundan mustasno) — aholining (mijozlarning) barcha toifalariga;
• viloyat (Toshkent shahri) va respublika darajalarida (pullik tashkilotlar, bo‘lim va palatalar bundan mustasno) — mijozlarning imtiyozli toifalariga ko‘rsatiladi.
Mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilishiga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda — mijoz yashash joyi bo‘yicha umumiy amaliyot vrachiga qayta yo‘naltiriladi. Agar mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur bo‘lsa — uning hujjatlari ko‘rib chiqish va uning asosida yo‘llanma olish maqsadida xulosa berish uchun tibbiyot birlashmasining markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi qoshidagi tibbiy-tanlov komissiyasiga topshiriladi.
Agar mijoz tibbiy yordam olish uchun tegishli yo‘llanmasiz (ordersiz) murojaat etsa, uni davolash pullik asosda amalga oshiriladi, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladigan hollar bundan mustasno.
Mijozning o‘z kasaliga doir ma'lumotlarni bilgan holda o‘z ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir. Mijozning ahvoli o‘z xohish-irodasini izhor etishga imkon bermaydigan, tibbiy aralashuvni esa kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda mijozning manfaatini ko‘zlab tibbiy aralashuvni amalga oshirish masalasini:
• konsilium hal qiladi,
• basharti konsiliumga yig‘ilishning imkoni bo‘lmagan taqdirda esa, keyinchalik tibbiyot tashkilotining mansabdor shaxslarini xabardor qilish sharti bilan bevosita davolovchi (navbatchi) shifokor hal etadi.
Mavzuga oid
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
16:23 / 18.12.2025
Chekka hududlarda notarius topish osonlashadi: suhbat asosida tayinlash joriy etiladi
11:42 / 11.12.2025
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlar tashkil etiladi
10:04 / 10.12.2025