Nizom loyihasiga köra, suhbatlar Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan ötkaziladi va jarayon audio hamda videoyozuv orqali qayd etib boriladi. Suhbat mazkur hududlarda davlat notariusi lavozimi ta’sis etilganda yoki böş örin paydo bölganida ötkazilişi belgilangan.

Tartibda suhbat e’loni qaysi hollarda berilişi ham körsatilgan: agar röyxatdagi hududlarga berilgan yagona tanlov e’loniga birorta ham talabgor iştirok etmasa yoki tanlovdan heç kim muvaffaqiyatli öta olmasa, suhbat ötkaziş uçun e’lon beriladi. E’lon “Inson va qonun” gazetasida va Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylaştirilişi, zaruratga köra boşqa OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqatilişi mumkin.

Suhbatda iştirok etiş uçun talabgor elektron şaklda ariza va sörovnoma, stajirovkadan ötganlik haqida ma’lumotnoma, notariuslikka talabgorlarni öqitiş kursini muvaffaqiyatli tugatganlik sertifikatini taqdim etadi. Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qiliş taqiqlanadi.

Suhbat natijasi komissiya a’zolari ovozi bilan belgilanadi: talabgor komissiya a’zolarining uçdan ikki qismi yoki undan köp ovozini olgan taqdirda suhbatdan muvaffaqiyatli ötgan hisoblanadi. Suhbatdan ötgan talabgor komissiya majlisida notarius qasamyodini qabul qiladi va keyin belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi.

Şuningdek, çekka va talab past hududlarda kamida uç yil notariuslik faoliyatini amalga oşirgan notariusga komissiya xulosasi asosida öz xohişiga köra respublikaning boşqa hududida xususiy amaliyot bilan şuğullanişga ruxsat beriş imkoniyati ham nazarda tutilgan.