Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mudofaa vaziri Italiya mudofaa vazirini qabul qildi
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov respublikaga tashrif buyurgan Italiya mudofaa vaziri Krozetto Gvidoni qabul qildi.
Foto: mudofaa.uz
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, rasmiy qabul marosimi avvalida nufuzli mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi.
Shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, uning rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida ikki davlat mudofaa idoralari o‘rtasida shtab muzokaralarini o‘tkazish an’anaga aylangani e’tirof etildi.
Suhbat yakunida O‘zbekiston va Italiyaning harbiy va harbiy-texnik sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari yuqori baholandi.
Mavzuga oid
22:40 / 19.01.2026
Mashhur Valentino modalar uyi asoschisi vafot etdi
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
11:43 / 12.01.2026
Shvetsiya havo hujumidan mudofaaga 15 mlrd krona ajratadi
15:11 / 10.01.2026