Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashhur Valentino modalar uyi asoschisi vafot etdi
Rimda italiyalik mashhur dizayner va Valentino modalar uyi asoschisi Valentino Garavani vafot etdi. U 93 yoshda edi.
Foto: Shutterstock
Kutyure o‘limi haqida 19 yanvar kuni Italiya matbuoti xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dizayner o‘zi tug‘ilib o‘sgan Rimda hayotdan ko‘z yumgan.
Valentino Garavani 1932 yil 11 mayda Italiyaning Voger shahrida tug‘ilgan. U Milan va Parijda moda bo‘yicha ta’lim olgan, 1960 yilda Rimda o‘z moda uyiga asos solishdan oldin Fransiya moda uylarida ishlagan.
Valentino nomi mukammal bichim, nozik hashamat va moda tarixiga kirgan o‘ziga xos Valentino Red rangi bilan chambarchas bog‘landi. Uning liboslarini Jaklin Kennedidan tortib Elizabet Teylorgacha bo‘lgan birinchi xonimlar, aristokratlar va kino yulduzlari tanlagan. Dizaynerlarning ko‘plab avlodlari uchun u yuqori moda didi va intizomining etaloniga aylandi.
45 yildan ortiq vaqt moda sanoati cho‘qqisida bo‘lgan Valentino 2007-2008 yillarda faol faoliyatini yakunlab, Modalar uyini dunyodagi eng nufuzli hashamatli brendlardan biri sifatida qoldirdi.
Valentino Garavani o‘limi butun bir davrning - moda faqat sanoat emas, balki san’at bo‘lgan buyuk kutyurelar davrining tugashini anglatadi.
Mavzuga oid
09:33 / 23.02.2026
Veronada qishki Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 20.02.2026
Norvegiya oltin medallar soni bo‘yicha qishki Olimpiada rekordini o‘rnatdi
09:55 / 20.02.2026
Paralimpiada: Italiya - rossiyaliklar va belaruslarni kiritishga qarshi
13:29 / 13.02.2026