O‘zbekiston | 07:47 / 18.03.2021
4646
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi va yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Erondan iliq havo massalari kirib kelishi hisobiga ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Toshkent viloyatining Bekobod tumanida va Navoiy viloyatining ayrim tumanlarida shamolning kuchayishi 23-28 m/s gacha yetishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-19 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6-11 daraja iliq bo‘ladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid