Özbekiston böylab mavsumiy yoğingarçilik ortidan birmunça talafotlar kuzatilmoqda.
Farğona viloyati Beşariq tumani
Özgidromet xabariga köra, 1 may soat 22:20 larda Tojikistonning Suğd viloyati toğli hududlarida kuçli yoğingarçilik kuzatilişi natijasida Isfara daryosi orqali Farğona viloyati Beşariq tumanidagi “Rovot” gidrouzeliga 100 m³/s miqdorida sel oqimi kelgan.
Sel suvlarining 30 m³/sek qismi Isfara töyintiruvçi beton (IPK) kanali orqali “Baxmal” STBga, qolgan qismi sel suvlarini qabul qiluvçi havzalarga yönaltirilgan.
Şunga qaramay, sel suvlari Beşariq tumanidagi Vorux, Voruxdaşt, Yangiqörğon va Rapqon mahallalari hududlariga ham oqib tuşgan.

Telegram'dagi Uzb_Meteo kanali tarqatgan videolarda Rapqondagi suv bosgan va elektr tarmoği öçgan hovlini köriş mumkin. Şaharçaning yoritilmagan köçalari suv bilan qoplangan.
Surxondaryoda ham sel kuzatildi
2 may kuni taxminan soat 08:46 va 08:55 atrofida toğli hududlarda qisqa muddatli yomğir yoğişi natijasida Boysun tumani Çilonzor MFYda joylaşgan Şerobod Çilonzor kuzatuv gidropostiga taxminan 15-20 m3/s atrofida kelgan sel suvlari oqib keldi, deyiladi Özgidromet xabarida.
Ekologiya qömitasi xabariga köra, 2 may kuni tonggi 06:30 da kuçli sel kelişi natijasida Boysun tumanidagi neft handaqlari yana buzilgan va tabiiy havzalarga neft aralaş suyuqlik oqib çiqqan.

Uzb_Meteöning
















