O‘zbekiston | 08:56 / 25.02.2023
35326
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda Kia Bongo yengil yuk mashinasi ishlab chiqarilishi boshlanadi

Foto: Kia Bongo

  • 24 fevral kuni "ADM Jizzax" avtomobil zavodida Kia Bongo yengil yuk mashinasining ishlab chiqarilishi boshlandi
  • Yuk ko‘tarish quvvati 1 tonna bo‘lgan avtomobil 2,665 kub sm (80 ot kuchi) ishonchli dizel dvigateli va besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan bo‘lib, orqa g‘ildiraklar o‘qiga privodga egadir.
  • Kia Bongo O‘zbekistonda, "qisqa" Single Cab kabinali va uzaytirilgan Super Cab kabinali versiyalarda mos ravishda 264 900 000 va 269 900 000 so‘m narxlarda taqdim etiladi

24.02.2023y., Toshkent sh. – Kiaʼning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Roodell kompaniyasi, 2023 yil 24 fevral kuni "ADM Jizzax" avtomobil zavodida Kia Bongo yengil tijorat avtomobili ishlab chiqarilishi boshlanganini ma’lum qiladi. Yengil yuk mashinasi O‘zbekiston bozoriga ikki – qisqa bir qatorli Single Cab kabina va uzaytirilgan bir qatorli Super Cab kabinali versiyalarda, mos ravishda 264 900 000 sum va 269 900 000 so‘m narxlarda sotuvga chiqariladi.

Kia Bongo – yengil tijorat yuklanuvchi model bo‘lib, ilk bora 1997 yilda taqdim etilgan. Hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalaridagi mijozlarga Bongoʼning uchinchi avlodi taklif qilinmoqda. Avtomobil kichik va o‘rta biznes uchun, shahar ichida kamgabaritli tashuvlar sohasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sifatli va ishonchli transport vositasi sifatida doimiy obro‘ga ega.

Ekstererining zamonaviy dizayni, dinamik xususiyatlari, tafsilotlarga berilgan e’tibor tufayli, Kia Bongo yengil tijorat avtomobillari segmenti uchun har tomonlama yangi standartlarni o‘rnatadi. Rivojlangan old bamper, aerodinamik jihatdan takomillashtirilgan kabinasining dizayni, Kia brendi uslubidagi radiator panjarasi yuk mashinasining ko‘rinishini zamonaviy va esda qolarliga aylantirib, shu bilan birga modelning oldingi avlodlarining barcha taniqli asosiy xususiyatlarini hurmat bilan saqlab qoladi. 

Bongoʼning gabarit uzunligi 5115 mm dan boshlanib, yuk ko‘tarish quvvati 1 tonnani tashkil qiladi. Yuk platformasining uzunligi kabina turiga bog‘liq: Super Cab versiyasida u 2 860 mmga, Single Cab versiyasida esa - 3 110 mmga tengdir. Kia Bongoʼning platformasida bort kuzovi, refrijyerator, furgon, manipulyator, sisterna va boshqa ko‘plab qo‘shimcha uskunalar variantlari joylashtirilishi mumkin.

Kia Bongoʼning saloni ergonomika nuqtai nazaridan yaxshi loyihalangan, qulay, funksional va amaliydir. Avtomobil loyihalanishida qulaylikni ta’minlash eng ustuvor vazifalardan biri edi. Qalinlashtirilgan orqali va yostiqli matoli o‘rindiqlar, o‘ylangan, optimal konstruksiyaga egalar, bosh suyanchiqlari balandlik bo‘yicha sozlanadi, shu bilan birga, rul balandligini sozlash ham nazarda tutilgan. Kia Bongo saloni jihozlari ro‘yxatida - konditsioner, USB-kirishli magnitola, orqa parkovka datchiklari, hamda avtomobildan foydalanishni yanada qulayroq qiladigan va qulaylik darajasini orttiradigan boshqa qator foydali variantlar mavjud.

Dvigateli va transmissiyasi

O‘zbekiston bozorida uchinchi avlod Kia Bongo, 2 665 sm3 ishchi hajmda, maksimal 80 ot kuchiga ega va 165 N•m aylantirish momentiga ega, atmosferali J2 dizelli dvigatel bilan taqdim etiladi. Ishonchli, nosozliklarga duch kelmaydilgan quvvat agregati, butun dunyoda ajoyib e’tiborga ega bo‘ldi. Dvigatel 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan agregatsiyalangan. Orqa ko‘prik reduktoriga bo‘lgan privod kardan mili orqali amalga oshiriladi

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan xizmat ko‘rsatilish oralig‘i 7500 km. Texnik xizmat, shu jumladan, podveskaning, rul boshqaruvining, transmissiyaning turli bo‘limlarini shpritslashni ham o‘z ichiga oladi.

Kiaʼning 1333 qizg‘in telefon liniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, kia.uz sayti orqali, yoki rasmiy Kia dilerlik markazlariga murojaat qilib model haqida qo‘shimcha ma’lumot olishingiz va oldindan buyurtma berishingiz mumkin:

Kia Yakkasaroy: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, KIChIK XALQA YO‘LI KO‘ChASI (MALAYa KOLseVAYa), 70A.

Kia Sergeli: Toshkent shahri, Sergeli tumani, A.Navoiy massivi, Toshkent avtomobil halqa yo‘li.

Kia Denov: Denov tumani, Lochin mahallasi, Humo ko‘chasi.

Kia Andijan: Andijon shahri, "Jalabek" QFY, S.Ashurov massivi.

Kompaniya haqida:

Kia Corporation bu – mijozlar, lokal va global hamjamiyatlar uchun barqaror mobillik yechimlarini yaratishga intilib, mobillik mahsulotlari va servislarini yaratish va ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi dunyo brendidir. Kompaniya 1944 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda Kia 190 dan ortiq mamlakatda 3 millionga yaqin avtomobillarini sotayotgan kompaniya. Korporatsiya xodimlarining umumiy soni 52 000 nafardan ortiq. Kompaniyaning ishlab chiqarish maydonlari oltita mamlakatda joylashgan. Kia elektromobillariga o‘tishdagi peshqadam bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab shaharsozlik muammolarini hal qilishda ko‘maklashish uchun mobillik servislarini rivojlantirish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

 OOO «ROODELL» O‘zbekiston hududida Kia avtomobillarining rasmiy distribyutoridir. Kiaʼning sotuvlar boshlanganidan beri O‘zbekistondagi umumiy sotuv hajmi 10 000 dan ortiq avtomobilni tashkil etadi. Kia avtomobillari uchun 5 yillik yoki 150 000 km masofaga kafolat mavjud. 2023 yilning boshi holatiga, O‘zbekiston Respublikasi hududida, Kiaʼning 4ta rasmiy dilerlik markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Sayt: https://kia.uz

Instagram : https://www.instagram.com/kia__uzbekistan/

Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/

Call- markaz: 1333

Reklama

Mavzuga oid