Jahon | 13:21 / 26.04.2022
32171
5 daqiqa o‘qiladi

Odessada barrikadalar, Donbassda rossiyaliklar hujumiga tayyorgarlik. Urush suratlari

Ukrainada urushning 61-kuni o‘tdi. BMT tinch aholi vakillari orasidagi qurbonlar soni bo‘yicha o‘z ma’lumotini yangiladi - 2665 kishi. Mariupolda yana bir tinch aholi vakillari ommaviy ko‘milgan birodarlik qabri topildi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Birinchi kanalga bergan intervyusida «yadro urushining real xavfi» haqida ogohlantirdi.

Bryanskdagi neft bazasida chiqqan yong‘in. Region hukumati ma’lumotiga ko‘ra, baza hududida rezervuarlar yonib ketgan. Ukraina bilan chegaradosh hisoblangan bu oblastda 11-25 aprel kunlari terrorchilik tahdidining yuqori darajasi amalda bo‘lgan.
Maks Kirilovskiy / TASS

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • Rossiyalik harbiylar sharq va janubda ilgarilashda davom etmoqda, ammo ukrainalik harbiylar so‘nggi kunda front chizig‘ida sezilarli o‘zgarish bo‘lmaganini ma’lum qilishgan.
  • BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Ukrainada tinch aholi o‘limi bilan bog‘liq ma’lumotlarini yangiladi. Tashkilot hisob-kitoblarida 2665 kishining o‘limi qayd etilgan, shundan 195 nafari - bolalar. 3053 kishi yaralangan. Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, Mariupolning o‘zida 20 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, butun mamlakat bo‘ylab jami 217 bola urush qurboniga aylangan.
  • Britaniya mudofaa vazirligi Rossiya urush boshidan buyon 15 ming atrofidagi harbiysini yo‘qotganini ma’lum qildi.
  • Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy mamlakat Ukrainaga tanklarini yuborganini tasdiqladi. Ammo qancha tank jo‘natilganiga aniqlik kiritmadi.
  • Germaniyadagi konsern esa hukumatdan Ukrainaga 88 ta Leopard 1A5 rusumli tanklarni jo‘natish bo‘yicha rasman ruxsat so‘ragan.
  • Amerikaning Germaniyadagi bazasida 40 mamlakat mudofaa vazirlari Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish masalasini muhokama qiladi.
  • Rossiyaning Belgorod oblasti gubernatori chegaradagi Nexoteyevka, Juravlevka va Golovchino qishloqlari o‘qqa tutilganini xabar qildi.

Quyida Ukrainada 25 aprel kuni olingan suratlar.

Odessa  

Kvartirasi raketa zarbasiga uchragan ayol qutqaruvchilarning ishini kuzatmoqda. Odessa 23 aprel kuni o‘qqa tutilgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 8 kishi, jumladan uch oyli chaqaloq hujum qurboni bo‘lgan
Anastasia Vlasova / Getty Images
Odessa ko‘chalaridagi barrikadalar. Shahar Rossiya armiyasining ehtimoliy bosqiniga tayyorlanmoqda
Anastasia Vlasova / Getty Images
O‘z qarindoshlari bilan xayrlashayotgan ayol. Uning poyezdi Polshaning Ukraina bilan chegaradan 12 kilometr masofada joylashgan Peremishl shahriga yo‘l olgan. Foto: ​​​​​​Igor Tkachenko / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev va Kiyev oblasti 

Velosipedchi Kiyevdagi yerosti o‘tish yo‘li oldida
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Rusanov qishlog‘ida harbiy texnika qoldig‘i oldidan o‘tayotgan velosipedchi. Kiyev oblastida mart oyida shiddatli janglar kechgan va Rusanov eng ko‘p zarbalarga uchragan aholi punktlaridan biri bo‘lgandi
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Borodyansk rayonidagi Lubyanka qishlog‘ida yashovchi keksa yoshli ayol o‘z uyi hovlisida. Uning eri qishloq ishg‘ol qilingan vaqtda o‘ldirilgan, u cholini hovliga ko‘mgan va munosib dafn marosimi o‘tkazilishi uchun oilaning boshqa a’zolari qaytishini kutmoqda.
Alexey Furman / Getty Images

Xarkov 

Raketa zarbalaridan keyin Xarkovda turar joy binosida chiqqan yong‘in
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Xarkov o‘qqa tutilgach, ukrainalik harbiylar yig‘gan raketa qoldiqlari
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi front chizig‘i yaqinidagi uyda
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi oqibatida shikastlangan uy
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkovda bir necha bor raketa kelib tushgan bino ko‘rinishi
AP Photo/Felipe Dana
Xarkovdagi turar joy binosida yashovchilar Rossiya harbiylarining raketa zarbalaridan keyin
AP Photo/Felipe Dana

Donbass shimoli 

Kramatorsk atrofida qazilgan xandaq (transheya). Shahar rossiyalik harbiylar bostirib kelishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Jorge Silva / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Barvinkovo qishlog‘i atrofida xandaq qazimoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy va Rossiya raketasi qoldig‘i, Xarkov oblasti, Bogodarovo qishlog‘i
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Severodonetskdan evakuatsiya bo‘lishni maqsad qilgan keksa yoshli ayol Pokrovskdagi bekatda poyezdga chiqishini kutmoqda. Bu vaqtda Ukrainadagi temiryo‘l stansiyalariga hujumlar davom etmoqda. Foto: AP Photo/Leo Correa
Severodonetskka kutilayotgan hujumdan qochayotgan 91 yoshli Klavdiyani poyezdga olib chiqishmoqda. Foto: AP Photo/Leo Correa

 

Mavzuga oid