Rossiya qo‘shini Donbass janubida yurishini davom ettirmoqda. Rossiyaning Avdiyivkadan Pokrovskka yurish qilgan guruhi kutilmaganda katta kuchlar bilan janubga — Selidovo shahri yo‘nalishida zarba bergan. RF qo‘shini Maryinka va Krasnohorivka tomondan Kuraxovo va Vuhledar orasidan Kuraxovo tomon yurishni faollashtirgan. Rossiya qo‘shini yaqinlashib kelayotgan aholi yashash manzillari aholisi, ba’zida otishmalar ostida, ba’zida majburan nisbatan xavfsiz hududlarga olib o‘tilmoqda. «Meduza» Rossiya qo‘shini yurishi tufayli boshlangan evakuatsiya ishlari qanday kechayotgani haqida fotojamlanma tayyorladi.

Donetsk oblasti, Pokrovsk rayoni Ukrainsk shahri. Keng ko‘lamli urushga qadar shaharda 10 ming kishi yashagan. Aholi atrofida janglar boshlangan Ukrainskni tark etmoqda. 2024 yil 24 avgust
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainsk aholisi evakuatsiya qilinmoqda. 2024 yil 24 avgust
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainsk aholisiga nisbatan xavfsiz joylarga ketishda Ukraina FVDX xodimlari va politsiyachilar yordam bermoqda. 2024 yil 24 avgust
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainsk aholisi evakuatsiya qilinishi. 2024 yil 24 avgust
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblasti, Pokrovsk rayoni, Selidovo shahri. RF qo‘shinlari bosqiniga qadar Selidovoning o‘zida 24 ming kishi, shahar aglomeratsiyasida — qariyb 50 ming atrofida odam yashagan. Hozirda qutqaruvchilar va politsiyachilar qolgan aholini olib chiqishga harakat qilmoqda. 2024 yil 28 avgust
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Evakuatsiyani imkon qadar tezroq amalga oshirish kerak — Rossiya qo‘shini shahar tomon yaqinlashib kelmoqda. 2024 yil 28 avgust