Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyaga boradi – OAV
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon yaqin vaqt ichida Janubiy Koreyaga yo‘l oladi. Bu haqda «Ryonxap» rasmiy shaxslarga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Kim Yo Chjon Seulga tashrif buyuradigan yuqori mansabli amaldorlar delegatsiyasi a'zosiga aylanadi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, KXDR Oliy xalq yig‘ilishi raisi va Shimoliy Koreya rasmiy rahbari Kim Yon Nam boshchilik qiladigan delegatsiyadan 22 kishi o‘rin oladi.
Avvalroq, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chjye In Pyongchangdagi qishki olimpiya o‘yinlari-2018 ochilish marosimida Kim Yon Nam bilan uchrashishi ma'lum bo‘lgandi. Ushbu hodisa darajasi Janubiy Koreya tomonidan «juda baland» deb baholanmoqda.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
07:40 / 27.03.2026
Janubiy Koreya birinchi seriyali KF-21 qiruvchisini namoyish qildi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026