Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko çorşanba kuni, 25 martda Şimoliy Koreyaga keldi. Bu uning KXDRga birinçi taşrifidir, deb xabar qildi Reuters agentligi. Lukaşenko taşrifining asosiy maqsadi — Minsk va Pxenyan örtasida döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnomani imzolaş, deb ma’lum qildi mamlakat taşqi işlar vaziri Maksim Rijyenkov Belarus davlat OAVda. Bundan taşqari, Minsk va Pxenyan ikki davlat örtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini sanksiyalar va xalqaro yakkalaniş şaroitida kengaytiriş hamda mustahkamlaşga qaratilgan töqqizta sohaviy kelişuvni ham tuzişi kutilmoqda.

2025 yil sentabrida Şimoliy Koreyaning yakkahokim hukmdori Kim Çen In va Lukaşenko Pekinda Ikkinçi jahon uruşi tugaganining 80 yilligiga bağişlangan harbiy parad çoğida uçraşgan edi. Öşanda Kim Lukaşenkoni mehmonga taklif qilgan.

Reuters agentligi ta’kidlaşiça, KXDR va Belarus Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida Moskvaga sezilarli darajada yordam bermoqda. Pxenyan Rossiyaga öq-dorilar va şimoliy koreyalik harbiy xizmatçilarni yubormoqda. Minsk esa, öz navbatida, 2022 yil fevral oyida Rossiyaga Belarus hududidan Ukrainaga keng kölamli bosqin uçun platsdarm sifatida foydalaniş imkonini bergan va u yerga Rossiyaning taktik yadroviy qurollarini joylaştirişga rozilik bildirgan.

Aleksandr Lukaşenko va Kim Çen In uçraşuvi faqat ramziy xususiyatga ega bölib, u ularning davlatlari çuqur xalqaro yakkalanişda emasligini körsatişga qaratilgan, dedi Reuters agentligiga muhojirlikda yaşayotgan belaruslik muxolifatçi Valeriy Tsepkalo.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Belarus va KXDR rahbarlari bilan aloqalarni tiklaşga urinmoqda. U özining birinçi prezidentlik muddatida Kim Çen In bilan uç marta uçraşgan, ötgan yili esa Oq uy Lukaşenko bilan töğridan töğri aloqalarni qayta tiklagan.

Şu fonda AQŞ Belarusga qarşi sanksiyalarni siyosiy mahbuslar, jumladan muxolifatning bir neçta yetakçilari — Mariya Kolesnikova, Viktor Babariko, Sergey Tixanovskiy ozod qilinişi evaziga yumşatişni boşladi.