Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar uchun qo‘shimcha davlat bojlari joriy etilishi mumkin
Shuningdek, amaldagi bojlarning miqdori oshirilishi kutilmoqda.
Foto: Global Look Press
Rossiya Davlat Dumasi migrantlar uchun qo‘shimcha davlat boji joriy etish bo‘yicha qonun loyihalarini ko‘rib chiqishni boshlaydi, dedi Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin.
«Shu hafta biz migrantlar uchun qo‘shimcha davlat bojini joriy qiluvchi qonun loyihalarini ko‘rib chiqishni boshlaymiz», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Xususan, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga patent berganlik yoki qayta rasmiylashtirganlik uchun – 4200 rubl, mehnat ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun – 4200 rubl, patent yoki mehnat ruxsatnomasining dublikatini berganlik, ularga o‘zgartirishlar kiritganlik uchun – 2100 rubl miqdorida yig‘im joriy etish taklif qilinmoqda.
«Aksariyat xorijiy fuqarolar Rossiyaga pul ishlash uchun keladi. Vizasiz davlatlardan kelganlar patent oladi, uning narxi oyiga o‘rtacha 8-10 ming rublni tashkil qiladi. U ko‘pi bilan bir yil amal qilishi mumkin. Keyin patent olish tartibi yana takrorlanishi kerak. Vizali mamlakatlardan kelgan migrantlar ishlash uchun ruxsatnoma olish uchun ariza berishadi», deb qo‘shimcha qildi Davlat Dumasi raisi.
Volodin, shuningdek, migrantlar uchun bir qator boshqa davlat bojlarini belgilash yoki oshirish taklif qilinayotganini, jumladan, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni Rossiyada yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirish hamda avtomashinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun bojlar taklif etilayotganini ta’kidladi.
«Bularning barchasi nafaqat budjetga mablag‘lar oqimini oshirish, balki migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning haqiqiy yashash joylarini belgilash imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, noqonuniy migratsiya darajasini pasaytirishga yordam beradi. Biz bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirmoqdamiz», deb xulosa qildi u.
Mavzuga oid
14:54 / 08.01.2026
Til sertifikati, ishchi viza, chipta: migratsiya jamg‘armasidan kompensatsiya beriladi
13:19 / 05.01.2026
Germaniyada boshpana bo‘yicha berilgan arizalar soni 51 foizga kamaydi
23:08 / 03.01.2026
Rossiyada migrantlar yana kaltaklandi. Bir o‘zbekistonlik vafot etdi
10:57 / 03.01.2026