Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat hisobidan davolanadigan orfan kasalliklari ro‘yxati kengaytiriladi
Dasturni amalga oshirish uchun 2026-2030 yillarda 961 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 noyabr kuni orfan kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordamni yaxshilash, farmatsevtika sohasidagi islohotlarning ijrosi hamda yangi loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, bugungi kunda 5 turdagi orfan va irsiy-genetik kasalliklarga chalingan jami 2174 nafar bola davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul diagnostika, dori vositalari va maxsus shifobaxsh oziq-ovqat bilan ta’minlanmoqda.
Taqdimotda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida axborot berildi. Unga ko‘ra, davolanishi davlat hisobidan qamrab olinadigan kasalliklarning soni 5 tadan 10 taga kengaytiriladi, yosh chegarasi 18 dan 21 ga uzaytiriladi.
Dasturni amalga oshirish uchun 2026-2030 yillarda jami 961 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda. Davlat rahbari tegishli qarorni imzolab, dasturni tasdiqladi.


Mavzuga oid
12:16
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vazirini qabul qildi
11:39
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamentdagi do‘stlik ligasi rahbari Taro Aso bilan uchrashdi
10:02
Tokioda strategik sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
08:38