Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chustdagi «zapravka»da portlash oqibatida bir kishi vafot etdi
Foto: Videodan kadr
25 oktyabr kuni Namangan viloyati Chust tumanidagi AYoQShda portlash yuz berib, bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Soat 18:47 da 112 tizimiga tumanning Birlik mahallasida ish faoliyatini to‘xtatgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchasida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi borgan. Yong‘in yuzaga kelmagan.
Qayd etilishicha, 10 tonnali yonilg‘i saqlash sisternasini boshqa joyga ko‘chirish jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani ortidan portlash ro‘y bergan va payvandlovchi ishchi halok bo‘lgan.
Hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda
Mavzuga oid
15:30 / 06.12.2025
Kogonda sexda chaqnash ro‘y berdi, 4 kishi halok bo‘ldi
09:50 / 05.12.2025
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi
21:40 / 03.12.2025