Tergovga qadar töplangan ma’lumotlarga köra, oşxonada mavjud bölgan öçoqqa yonğin xavfsizligi qoidalariga zid ravişda ulangan 50 litr hajmdagi suyultirilgan propan gazballonidan uglevodorod gazining sizib çiqişi natijasida havo bilan aralaşma hosil bölgan. Uşbu aralaşmaning çaqnaşi oqibatida kuçli portlaş sodir bölgan.

Oqibatda, jami 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyiş jarohatlari bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yetkazilgan. Olingan tan jarohatlari tufayli 3 nafar fuqaro vafot etgan.

Jabrlanuvçilardan 5 nafariga zarur tibbiy yordam körsatilib, ahvoli qoniqarli deb baholangandan söng uyiga javob berilgan. Qolgan bemorlarga statsionar şaroitida malakali tibbiy xizmat körsatiş davom ettirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192¹¹-moddasi 1-qismi, 257-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari va 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Bek Family Cafe MÇJning 3 nafar mansabdor şaxsi protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Hozirda Içki işlar vazirining örinbosari – IIV huzuridagi Tergov departamenti boşliği Ramazon Aşropov boşçiligida hamkor idoralar mutaxassislaridan iborat tergov guruhi tomonidan barça zarur tergov harakatlari amalga oşirilmoqda.

Tergov jarayoni nazoratga olingan bölib, uning yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi va jamoatçilikka qöşimça axborot berilişi ma’lum qilingan.