Uch nafar sudya lavozimda bo‘lishning 10 yillik muddatiga tayinlandi
Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida vakolat doirasiga kiruvchi qator masalalarni ko‘rib chiqqan kengash a'zolari uch nafar nomzodni sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Sudyalar oliy kengashi qaroriga ko‘ra:
Murodjon Hasanov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining raisi lavozimiga;
Navro‘z Hamroyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Zafar Sharopov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024
To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:30 / 18.08.2024