Andijon şahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev şahar obodonlaştiriş bölimiga boşliq bölgan. 2024 yil 17 avgust kuni Andijon şahar hokimi Ğofur Abdurahmonov bu haqda tegişli qarorni imzolagan.
Ma’lumot uçun, Dilmurod Rahmatullayev 2016-2019 yillarda Andijon şahriga hokimlik qilgan. U 2017 yilning kuzida Andijon şahridagi qator ta’lim muassasalarining rahbarlarini nojöya sözlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda maşhur bölgandi.
Dilmurod Rahmatullayev 2018 yilning aprelida boş vazir iştirokida ötkazilgan videoselektorda şahar köçalarini obodonlaştiriş uçun, budjet taşkiloti xodimlari, jumladan, maktabgaça ta’lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt köçatlarini ança qimmat narxga sotib olişga majburlagani uçun hayfsan olgan, boş vazir u oxirgi marta ogohlantirilayotganini ma’lum qilgandi.
2019 yil iyun oyida Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov selektor yiğilişi ötkazgan va öşanda Andijon şahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev, soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov va viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Avazbek Abdurahmonovni haqoratlagandi.
Öşanda viloyat hokimi Dilmurod Rahmatullayev Andijon şahridagi çiqindilarni olib çiqişda sustkaşlik qilgani haqida gapirib, uni haqorat qilgandi.
“Şahardagi Rahmatullayev degan ş***l, i***sni kasal qilib öldiraman! 20 yilga qamayman. Ötgan yili «Nodirabegim» parkiga prezidentimizdan sörab pul olganman. Keça razbor qilyapman, pul ham yöq, quruvçi ham yöq. Yeb, yutib, Turkiyaga qoçib ketgan, i***s. Hozir biz tuttirib obkeldik bu yoqqa. 48 ta maşinani çiqindi [taşiş] uçun deb oberganmiz, 16 tasini işlatişyapti, qolganini şağal taşişga çiqarib yuboribdi, i***s. Axlat esa töplanib ketyapti. Usmonov degan general hokimligida (sobiq militsiya generali Ahmadjon Usmonov 2006-2013 yillarda Andijon viloyati hokimi bölgan – tahr.) men qişloq xöjaligi böyiça örinbosar edim. 15 kunda bir marta qişloq xöjaligi texnikalarini olib kelib şahar içidan axlatlarni taşitardim. Bu ** sekin-sekin şunga olib kelmoqçi bölyapti-da! Jonini suğurib olaman i***slarni. Şahardan kim qatnaşayotgan bölsa keçasi bilan ötqazib qöydim hammasini, qamab. Ötirasan i***s, dedim. Mahalla komitet oldiga bitta maşina, bitta şofyor, bitta axlatçi — ikkita bolani mahallaga boğlab qöyasan, i***s, qani bir qadam siljib körsin, onangni Uçqörğondan körsataman!” degandi









