Sport | 19:10 / 23.08.2016
11819
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada 19 yoshli futbolchi raqib jamoa muxlislari qurboniga aylandi

Polsha chempionatida ishtirok etuvchi «Katovitse» klubining 19 yoshli yarim himoyachisi Dominik Koshovski zo‘ravonlik oqibatida olingan og‘ir jarohatlari tufayli shifoxonada jon berdi.

«Katovitse»ga raqib bo‘lgan jamoalardan birining muxlislari ushbu yosh futbolchiga hujum qilib, unga jiddiy jarohatlar yetkazishgandi.

Xabar qilinishicha, bu jinoyatda gumonlanib, 19-20 yoshli bir necha shaxs qo‘lga olingan.

Mavzuga oid