Toshkentdan Ostonaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
Samolyot havoga ko‘tarilganidan 45 daqiqa o‘tib, Toshkentga qaytishga majbur bo‘lgan. Uzbekistan Airways holat yuzasidan rasmiy izoh bergan va yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Tarmoqlarda Toshkentdan Ostonaga uchishi kerak bo‘lgan samolyot manzilga bormay, poytaxtga qaytgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ta’kidlanishicha, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportdan 19 iyun kuni Toshkent-Ostona yo‘nalishida uchishi kerak bo‘lgan HY-721 yo‘lovchi reysi germetik buzilish sabab parvozini yakunlamagan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, haqiqatan ham bunga havo kemasining germetik buzilishi, ya’ni yuk bo‘limi eshiklari yopilmay qolgani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, A320 rusumli samolyotning parvozi 2 soat, 13:45 dan 15:45 gacha davom etishi kerak bo‘lgan, ammo samolyot havoga ko‘tarilganidan 45 daqiqa o‘tib eshiklar yopilmay qolgani tufayli Toshkent shahriga qaytishga majbur bo‘lgan.
Buni Flightradar resursidagi ma’lumotlar ham tasdiqlamoqda.
Uzbekistan Airways holat yuzasidan rasmiy izoh bergan va yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
«Yuk bo‘limi eshigining noto‘g‘ri signalizatsiyasi ishga tushgani sababli, ekipaj balandlikka ko‘tarilishni to‘xtatib, protseduralarga muvofiq jo‘nab ketish aeroportiga qaytishga qaror qildi.
Aviakompaniya mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha zarur ishlarni amalga oshirdilar va havo kemasi yaqin fursatlarda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshiradi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:34
Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik narkotik iste’mol qilish ko‘payayotgani aytildi
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
14:01 / 15.11.2024