Toşkent şahri Yakkasaroy tumanidagi Askiya dehqon bozori qayta quriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, 16 noyabr kuni “Ateca Hotel Suites” mehmonxonasida loyiha böyiça taqdimot bölib ötgan. Unda Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, uning örinbosarlari, mas’ul taşkilot rahbarlari, bozor ma’muriyati va tadbirkorlar iştirok etgan.
Nilufar Allabergenovaning sözlariga köra, aholi va tadbirkorlarga qulay va şinam şaroitlar yaratib beriş, eskirib qolgan bozorni zamonaviy körinişga qayta quriş böyiça muzokaralar olib borilmoqda. Bu borada bir neça investorlar tomonidan bozorni qayta quriş böyiça takliflar bildirilgan. Şu sababli bozor hududini “e-auksion” platformasi orqali investorlarga taklif etiş rejalaştirilmoqda.

Yakkasaroy hokimining aytişiça, sotib oliş taklifi bilan çiqqan investor quyidagilarni Askiya bozorining boşqaruvçisi bölgan jamiyatga beğaraz ötkazib berişi kerak:
- 3000 kv metr maydonda ekobozor;
- 1200 kv metr maydonda sovitkiç omborxona;
- 400 öringa möljallangan yerosti avtoturargoh.
Bu talablar Toşkent şahar hokimligi, Davaktiv agentligi Toşkent şahar hududiy boşqarmasi va Munitsipial aktivlarni boşqariş markazi bilan kelişilgani aytilmoqda.

“Loyiha amalga oşirilişi natijasida 150 mln dollar töğridan töğri xorijiy investitsiyalar özlaştiriladi. Yangi bozor yonida jahon standartlariga mos ravişda quriladigan 4 yulduzli mehmonxona iş faoliyatini boşlaydi. Loyiha yirik savdo kompleksini öz içiga olib, unga ham jahon standartlari asosida yulduz olinadi. Loyiha töliq quvvatda işga tuşirilişi natijasida esa 1000 dan ortiq yangi iş örni yaratiladi”, deyiladi hokimlik xabarida.
Yangi bozor hududida velosipedlar uçun joy, örindiqlar, Wi-Fi zonalari, köngiloçar va yaşil hududlar taşkil etiş ham rejalaştirilgan.

Ta’kidlanişiça, quriliş işlari jamiyat hududidagi qişloq xöjaligi mahsulotlari bozori faoliyatiga ta’sir ötkazmaydi, ya’ni uşbu bozor faoliyatini töliq saqlagan holda amalga oşiriladi. “Ekobozor” qurilişi yakunlangaç, dehqon bozori u yerga bosqiçma-bosqiç köçiriladi.
Rasmiy xabarda 150 mln dollarga baholangan loyihani qaysi taşkilot işlab çiqqaniga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq, Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi Yunusobod dehqon bozori va Ahmad Doniş bozorini olti qavatli qilib qayta quriş rejalaştirilayotgani xabar qilingandi.
Toşkent bozorlari köp qavatli savdo markazlariga aylanadi
“Bozor yerining özi 27 mln dollardan kam emas”
Iqtisodçi Otabek Bakirovga köra, Askiya bozori böyiça taklif etilayotgan sxemadan na davlat budjeti, na mahalliy budjet bir söm ham olmaydi.
“Marhamat, bozorni sotişmoqçimi, oçiq auksion ötkazişsin, istalgan talabgor minimal şartlar bilan savdoga kiritilsin. Öşa 150 million dollarlik investitsiya kiritmoqçi bölgan Mister Iks investor ham qatnaşsin, gar şunçalik zör bölsa (falon million investitsiya kiritmoqçi bölgan şalaş kontoralar nega özlarini, manbalarini, kelib çiqişini yaşirişadi). Oçiq savdoda bozor uçun kim köp tölasa haloli bölsin.

Askiya bozori, ma’lumot uçun Toşkentning eng qimmat lokatsiyasida, 1,8 gektar hududda joylaşgan. Hozir borib söraşingiz mumkin, bozor atrofidagi yer maydonlari, agar topa olsangiz, sotixi 150 ming dollar atrofida. Bozor qup-quruq yerning özida baholansa ham, 27 mln dollardan kam emas. Bu pulga Yakkasaroyda kamida ikki va uç smenada öqiyotgan bolalar uçun 15 ta eng qoyilmaqom maktab qursa böladi. Heç kim saylamagan hokimiyat pul yöq deb 3 yildan beri saratondan ölayotganlar uçun bitta hospis qurib bera olmaydi. Qanaqadir uyat va şarmandalik”, deya yozdi iqtisodçi.
Bakirovning qöşimça qilişiça, Yakkasaroy Söx, Möynoq yoki Şerobod kabi çekka tuman emas, balki Toşkentning qoq markazida joylaşgan. U şundan kelib çiqib eng qimmat joylarni “investitsiya kiritiş” şabloni bilan “sovğa qiliş”ni töxtatişga çaqirdi.












