Özbekistonda yoşlarning giyohvandlik moddalariga ruju qöyişi va iste’moli böyiça eng köp holatlar qayd etilayotgan hudud Toşkent şahri bölib turibdi. Bu haqda 15 noyabr kuni Toşkentda ötkazilgan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş masalalari böyiça xalqaro tadbirdan söng jurnalistlarga intervyu bergan Toşkent şahar hokimi örinbosari Durdona Rahimova ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

Hozirda Toşkent şahrida rasmiy statistika böyiça 18−30 yoş oraliğidagi 473 ming nafar yigit-qiz bölsa, ularning 6 ming nafari oğir toifadagi yoşlar hisoblanadi. Durdona Rahimovaning qayd etişiça, şu 6 ming kişining 373 nafari giyohvandlik vositalariga surunkali ravişda ruju qöygan va psixotrop moddalarni iste’mol qiladi.

Durdona Rahimovaning sözlariga köra, Toşkentda öquvçilar orasida sintetik giyohvandlik vositalarini iste’mol qiliş holatlari ham köpayib boryapti.

«Afsuski, psixotrop moddalarni iste’mol qilayotgan maktab öquvçilari ham bor, buni inkor qilib bölmaydi. Bu muammoning ijtimoiy xavfini hisobga olib, uni aniqlaşdan qoçmaslik kerak, deb öylayman. Şu maqsadda maktablarda turli reydlar ötkazilyapti, 10-, 11-sinf öquvçilari va ularning ota-onalari bilan profilaktik tadbirlar olib borilyapti. Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda talabalar örtasida ham bunday holatlarni aniqlaş işlari yölga qöyilgan», — dedi u.

Hokim örinbosarining ta’kidlaşiça, yotoqxonalarda yaşaydigan talabalarga nisbatan e’tiborni kuçaytiriş, ularning keçki payt yotoqxonaga öz vaqtida kelişi va darsini qilişi ustidan doimiy nazoratni yölga qöyiş böyiça profilaktik tadbirlar ham olib borilyapti. 

Avvalroq Narkotiklarni nazorat qiliş milliy markazi rahbari Ravşan Mamatov Markaziy Osiyo mintaqasida, xususan, Özbekistonda yoşlar orasida «dorixona narkomaniyasi» taşvişlanarli darajada keng tarqalayotganini ta’kidlagan edi.