Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stritbol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi jahonda qaysi o‘rinda ekanini bilasizmi?
O‘zbekiston basketbol 3×3 (stritbol) jahon reytingida 82-o‘rinda qayd etildi. Bu Osiyo bo‘yicha 21-natijadir. Ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro federatsiya yangi ro‘yxatni e'lon qildi.
Ta'kidlanishicha, reyting uch yosh guruhiga bo‘lingan. Erkak o‘rtasidagi guruhda 177 mamlakat bor. O‘zbekiston jahonda 83-o‘rinda, Osiyoda esa 21-pog‘onada qayd etildi. Ayollar o‘rtasidagi reytingda 130 davlat bor bo‘lib, unda O‘zbekiston jahonda ellik oltinchi va Osiyoda o‘n yettinchi o‘rinda bormoqda.
23 yoshgacha bo‘lgan (erkaklar) ro‘yxatga 153 davlat kiritildi. O‘zbekiston dunyoda 72 va Osiyoda 19-o‘rinda qayd etildi. Ayollar ro‘yxatida esa 119 mamlakat bor. Bizning jamoa bu reytingda jahon bo‘ylab ellik to‘qqizinchi va Osiyoda 17-o‘rinni egalladi. 18 yoshgacha bo‘lganlar (o‘smirlar) ro‘yxatida 125 jamoa bor. O‘zbekiston jahonda – sakson oltinchi, Osiyoda esa – 22-pog‘onada. Bu yosh guruhidagi qizlar o‘rtasida 100 jamoa bor. O‘zbekiston jahonda ellik to‘rtinchi va Osiyoda 15-o‘rinda.
Mavzuga oid
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
07:44 / 19.01.2026
Reyting: dunyodagi eng qudratli 50 ta armiya
19:23 / 16.01.2026
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 5 pog‘onaga pastladi
17:56 / 16.01.2026