Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yadroviy tahdidlari tufayli Medvedevni «ahmoq odam» deb atadi
Shuningdek, Rossiya qirg‘oqlariga eng halokatli qurol - atom suvosti kemalarini jo‘natganini ma’lum qildi.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevga keskin munosabat bildirib, uni «ahmoq odam» deb atadi. Tramp bunday tavsifni Medvedevning Vashingtonga yadroviy tahdidlari bilan izohladi.
«Rossiya bizga biroz tahdid qilganiga ko‘p bo‘lmadi. Va men eng halokatli qurol - atom suvosti kemalarini [Rossiya qirg‘oqlariga] jo‘natdim. U «yadroviy» so‘zini tilga olgani uchun shunday qildim... Bu so‘zni Putin uchun ishlaydigan ahmoq odam aytdi», dedi Tramp.
Uning ta’kidlashicha, «shunchaki ehtiyotkorlik uchun Rossiya qirg‘oqlariga bir yoki ikkita suvosti kemasini yuborishni» buyurgan va AQSh «odamlarga bunday so‘zlarni bemalol aytaverishga yo‘l qo‘ymasligini» qo‘shimcha qilgan.
Amerika prezidenti, shuningdek, AQSh texnologik ustunligini ta’kidlab, mamlakat suvosti kemalari ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirishda «Rossiya va Xitoydan 25 yil oldinda» ekanini aytdi.
Tramp va Medvedev o‘rtasidagi mojaro yozda boshlandi, rossiyalik siyosatchi Eronga yadro qurolini topshirish ehtimoliga yo‘l qo‘yib, Amerikaning Ukrainadagi urushni tugatish haqidagi ultimatumini keskin tanqid qilgandi. Medvedev o‘z bayonotida Sovet Ittifoqining «Perimetr» avtomatik javob yadroviy zarba tizimini tilga olib, Qo‘shma Shtatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaro bilan tahdid qildi.
Bunga javoban Tramp Medvedevni «tilini tiyishga» chaqirib, uni «xavfli hududga kirayotgan va Rossiyaning sobiq omadsiz prezidenti» deb atadi. Bundan tashqari, u Rossiya iqtisodiyotini «o‘lik» deb ta’rifladi.
Avgust oyida Amerika yetakchisi agar Medvedevning tahdidlari ritorikadan tashqariga chiqsa, «tegishli hududlarga» ikkita atom suvosti kemasini joylashtirishga buyruq berganini ma’lum qilgandi. Ko‘p o‘tmay, Tramp AQSh Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy to‘qnashuvga to‘liq tayyorligini aytdi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
13:32 / 22.12.2025
Uitkoff AQSh–Ukraina formatidagi muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi
10:36 / 22.12.2025
Ushakov: Ukraina, YeI va AQSh takliflarining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelmaydi
07:59 / 22.12.2025