O‘zbekiston | 12:56 / 08.09.2022
3699
4 daqiqa o‘qiladi

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti tashkil topganiga 1 yil to‘ldi

Foto: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti

Bundan roppa rosa bir yil oldin 2021 yilning 8 sentabr kuni Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan №0033 son litsenziya berilgan edi. Biz shu qisqa davr ichida tibbiyot va farmatsevtika ta’limini rivojlantirish, xalqaro standartlar talablariga mos keladigan yetuk kadrlarni tayyorlash kabi qator maqsad va vazifalar qo‘yildi. 

Bilimli mutaxassislarni tayyorlash uchun jamoamizga yuqori malakali professor o‘qituvchilar jalb qilindi. Bugungi kunda Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining ilmiy salohiyati 70% ni tashkil etadi. Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida o‘quv jarayoni bevosita tadqiqotlar bilan birgalikda olib borilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, darslar zamonaviy auditoriyalarda, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan laboratoriyalarda olib boriladi. Institut tarkibida Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi faoliyat yuritmoqda. Markazda 1000 dan ziyod mutaxassislar malakalarini oshirdilar hamda 135 nafari qayta tayyorlandilar.

Foto: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti olimlari tomonidan bir nechta original dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar texnologiyalari ishlab chiqilib, sanoat miqyosiga joriy etilgan (“Antikovir”, “Piratsin”, “Nigeprost”, “Nigelit”, “Kurmufer” va b.) hamda bir yil ichida 8 ta preparat uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan ixtiro uchun patentlar olingan.

Foto: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti

Hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri bo‘lgan - koronavirus infeksiyasiga qarshi samarali vositalar yaratish borasida institut olimlari tomonidan original “Antikovir” kapsula dori turi yaratilib, preparatga ixtiro uchun patent olindi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qayd etilib sanoat miqyosiga joriy etildi.

Institutimizda Talabalar ilmiy jamiyati tashkil etilib, yaqinda TIJ a’zolarining birinchi ilmiy amaliy anjumanini muvaffaqiyatli o‘tkazoldik. Joriy yilda institutga IV- Respublika fan olimpiadasining kimyo va biologiya fanlari g‘oliblari grant asosida o‘qishga qabul qilindi. 

Foto: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining magistratura talabasi Sergey Fotiyev Osiyo chempionatida Pauerlifting sport turi bo‘yicha Oltin medal sovrindori bo‘ldi. Institutning Farmatsiya fakultetining 2-bosqich talabasi Dilmurodov Ma’rufjon “O‘zbekistonning TOP 100 lider talabalari” almanaxiga kiritildi. Bugungi kunda institut hududida yangi o‘quv binosi jihozlanmoqda, 300 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi qurilishi yakunlanmoqda. Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti shu qisqa vaqt ichida izlanuvchan, ilmga chanqoq, faol o‘qituvchilar va talaba yoshlarning sevimli maskaniga aylanganidan faxrlanadi. Aziz jamoamiz vakillari eng aziz ne’mat inson salomatligi sohasi – dorishunoslik bo‘yicha yetuk kadrlarni tayyorlashdek mas’uliyatli ishingizda institut rahbariyati omadlar tilaydi. Xayrli ishlaringiz bardavom, parvozingiz baland bo‘lsin!

Murojaat uchun telefonlar:

+99897 139-00-50

+99897 189-00-50

+99871 222-00-50

+99871 202-05-50

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook: fb.com/FTTI.UZ

Instagram: @ftti.uz

Sayt: ftti.uz

Telegram: t.me/fttiuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid