Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
3 sentabr kuni Pekinda Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushi va Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligini nishonlash marosimida Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Foto: Xinhua
Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushi va Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligini nishonlash marosimida 26 nafar xorijiy yetakchi ishtirok etadi. Ishtirokchilar orasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bor. Bu haqda Xitoyning CCTV telekanali xabar berdi. 3 sentabr kuni Pekindagi Tyananmen maydonida yubileyga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkaziladi.
Telekanalning aniqlik kiritishicha, oliy martabali mehmonlar quyidagilar:
- Rossiya prezidenti - Vladimir Putin
- KXDR yetakchisi - Kim Chen In
- Kambodja qiroli - Norodom Siamoni
- Viyetnam prezidenti - Liong Kyong
- Laos prezidenti - Txonglun Sisulit
- Indoneziya prezidenti - Prabovo Subianto
- Malayziya bosh vaziri - Anvar Ibrohim
- Mo‘g‘uliston prezidenti - Uxnaagiyn Xurelsux
- Pokiston bosh vaziri - Shahboz Sharif
- Nepal bosh vaziri - Khadga Prasad Sharma Oli
- Maldiv orollari prezidenti - Muhammad Muizzu
- Qozog‘iston prezidenti - Qosim-Jo‘mart To‘qayev
- O‘zbekiston prezidenti - Shavkat Mirziyoyev
- Tojikiston prezidenti - Imomali Rahmon
- Qirg‘iziston prezidenti - Sadir Japarov
- Turkmaniston prezidenti - Serdar Berdimuhamedov
- Belarus prezidenti - Aleksandr Lukashenko
- Ozarboyjon prezidenti - Ilhom Aliyev
- Armaniston bosh vaziri - Nikol Pashinyan
- Eron prezidenti - Mas’ud Pizishkiyon
- Kongo prezidenti - Deni Sassu-Ngesso
- Zimbabve prezidenti - Emmerson Mnangagva
- Serbiya prezidenti - Aleksandr Vuchich
- Slovakiya bosh vaziri - Robert Fitso
- Kuba yetakchisi - Migel Dias-Kanel
- Myanma prezidenti vazifasini bajaruvchi - Min Aung Hlaing
«Sinxua» agentligining xabar berishicha, Xitoy armiyasi harbiy-havo kuchlari parad vaqtida qiruvchi samolyotlarning bir necha turini, jumladan, ularning modernizatsiya qilingan modellarini namoyish etadi.
Mavzuga oid
19:33 / 27.12.2025
Xitoyda dunyodagi eng uzun tunnel ochildi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
13:26 / 27.12.2025
Importda eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi - 12,8 mlrd dollar
09:13 / 25.12.2025