Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 oyda import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sgan. Shu davrda O‘zbekiston 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirgani qayd etilgan.
2025 yil 11 oyida O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar (AQSh dollarida):
- Xitoy — 12,8 mlrd;
- Rossiya — 7,8 mlrd;
- Qozog‘iston — 3,0 mlrd;
- Turkiya — 1,7 mlrd;
- Koreya Respublikasi — 1,5 mlrd;
- Germaniya — 1,0 mlrd;
- Hindiston — 1,0 mlrd;
- Turkmaniston — 926,2 mln;
- Belarus — 698,8 mln;
- AQSh — 656,1 mln.
Keltirilgan raqamlar importda asosiy sheriklardan xaridlar barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, import geografiyasining kengayishi mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari faollashayotgani va ichki talab ortib borayotgani bilan izohlanadi.
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 30,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,2 foizga ko‘pdir.










