Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi
Turkiya tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Mavlud Chavusho‘g‘lu / Foto: AA
2021 yilning 6 – 9 mart kunlari Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif dasturidan Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, boshqa vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar olib borish o‘rin olgan.
Avvalroq, Samarqandda 8 mart kuni Turkiyaning bosh konsulxonasi ochilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026