Migratsiya agentligi Turkiyaning Arya taşkiloti bilan hamkorlik töğrisida bitim imzoladi. Uşbu kelişuv Turkiyada mehnat qilişni rejalaştirayotgan yurtdoşlar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.
Bitimga muvofiq, endilikda Toşkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida 25 ta kasb böyiça mutaxassislar turk standarti asosida malaka baholaş jarayonlaridan ötadi va natijada sertifikatga ega böladi. Bu esa işga joylaşişda talabgorlikni oşiriş, kasbiy mahoratni rasman tasdiqlaş hamda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solişga xizmat qilişi qayd etilmoqda.

Ma’lum qilinişiça, mazkur taşabbus natijasida 2026 yilda 1 500 nafar sertifikatga ega mutaxassis Turkiyaning Mersin viloyatida joylaşgan Akkuyu atom elektr stansiyasidagi yuqori daromadli iş örinlariga joylaştirilişi rejalaştirilgan.

Ta’kidlanişiça, loyiha nafaqat işga joylaşiş, balki mutaxassislarning malakasini xalqaro talablar asosida baholaş, ularning huquqiy himoyasini ta’minlaş hamda mehnat şartlarini şaffoflaştirişga qaratilgan yönalişlarni ham qamrab oladi.

















