O‘zbekiston | 21:20 / 01.05.2018
56476
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Mir Arab madrasasida Qur'on tilovat qildi (video)

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonga tashrifi davomida Buxorodagi Mir Arab madrasasini ziyorat qildi va u yerda Qur'oni karimdagi Infitar surasini o‘qidi. Mazkur video Turkiyaning yenisafak.com saytiga joylandi

 

Shuningdek prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o‘rta maxsus bilim yurti bilan tanishishdi. Mamlakatdagi eng qadimiy va yirik jome' masjidlaridan biri bo‘lgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qilishdi.

Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari Ark qo‘rg‘oniga tashrif buyurdi. Buxoro shahridagi ushbu qadimiy qal'a xalqimizning boy tarixi, madaniyati, etnografiyasi, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalaridan guvohlik beradi. 

Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oralig‘ida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uyg‘unlashib, go‘zal ansambl hosil qilgan. Ularning me'moriy yechimi ajdodlarimiz madaniyati va san'atining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barchani hayratga solib kelmoqda.

Tarixiy va me'moriy obidalar, xalqimizning milliy hunarmandligi turkiyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mavzuga oid