Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyadan ilk bosma Qur’onlardan birining noyob nusxasini oldi
Bundan ikki yuz yil muqaddam chop etilgan ilk bosma Qur’onlardan birining eng nodir nusxasi O‘zbekistonga taqdim etildi. Toshkentda «O‘tmishning buyuk merosi - ma’rifatli kelajak poydevori» xalqaro forumi doirasida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Islom sivilizatsiyasi markaziga noyob sovg‘ani Rossiyaning «Madina» nashriyot uyi rahbari Ilyos Saduriy topshirdi. Hadya etilgan kitoblar orasida Yekaterina II tashabbusi bilan 1787 yilda Sankt-Peterburgda chop etilgan Qur’on alohida o‘rin tutadi.
Ushbu mus’haf ilk to‘liq shakldagi bosma Qur’onlardan biri hisoblanadi. Uni nashr etish uchun maxsus noyob metall shrift yaratildi va bezak ustida tatar xattoti Usmon Ismoil ishladi. Dastlabki tiraji 1200 nusxa atrofida bo‘lgan.
Nashr islom matbaachiligi tarixida muhim voqea bo‘ldi va ko‘p jihatdan keyinchalik Rossiyada islom adabiyoti matbaachiligining markaziga aylangan XIX asr Qozon an’analarini oldindan belgilab berdi.
Mavzuga oid
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026