O‘zbekiston | 20:10 / 25.10.2017
48724
1 daqiqa o‘qiladi

Anqarada O‘zbekiston prezidentini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi Prezidenti saroyida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Foto: Anadolu 

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shohsupaga ko‘tarilishgan. O‘zbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangragan. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tishgan. 

Foto: Anadolu 

O‘zbekiston prezidenti faxriy qorovulni quyidagi so‘zlar bilan olqishlagan: «Merhaba asker».

Prezidentlar delegatsiyalar a'zolarini tanishtirishgan.

Shundan so‘ng, davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Anadolu 

O‘zA xabariga ko‘ra, muloqotda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilgan. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid