O‘zbekiston | 07:53 / 27.08.2021
2651
2 daqiqa o‘qiladi

Sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi

“Sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock

Eksperimental innovatsion tadqiqotlar doirasida Sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi

Maxsus rejim Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining (IT-park) alohida bo‘g‘ini bo‘lib, uning ishtirokchilari IT-park rezidentlari hisoblanadi va ular o‘z faoliyatini eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshiradi.

Maxsus rejim talabgorlari uchun tajriba-sinov loyihalari doirasida faoliyatga ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni tezlashtirilgan va soddalashtirilgan holda olish tizimi joriy qilinadi. 

Bunda:

  • arizalar 5 ish kuni ichida tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi;
  • ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati vakolatli davlat organi tomonidan qisqartiriladi;
  • tegishli hujjatlarni olish uchun belgilangan to‘lov miqdorlari 2 baravarga kamaytiriladi.

Maxsus rejim ishtirokchilariga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida IT-park rezidentlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi. O‘z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ketgan xarajatlari tegishli tartibda davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi. 

Maxsus rejim faoliyatining muddati 5 yilni tashkil etadi. Tajriba-sinov loyihalari 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Mavzuga oid