Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IT sohasidagi top-10 milliarderning boyligi sun’iy intellekt tufayli keskin oshdi
Ular qayta ishlash markazlarini qurish, ilovalarni ishlab chiqish, chiplar va boshqa mahsulotlarni yaratishga sarmoya kiritib, boyligini ko‘paytirishga erishdi.
Yil boshidan beri AQSh eng boy texnologik milliarderlari o‘ntaligining umumiy boyligi sun’iy intellektga sarmoya kiritish orqali 550 milliard dollarga oshdi. Gap ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish, ilovalarni ishlab chiqish, chiplar va boshqa mahsulotlarni yaratish haqida ketmoqda, deb yozdi Financial Times.
AQSh texnologik milliarderlari ro‘yxatini Tesla, Space X asoschisi va xAI egasi Ilon Mask boshqarmoqda. Uning boyligi yil boshidan buyon 49 foizga o‘sib, 645 milliard dollarni tashkil etdi. Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, bu yil sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalar tufayli butun dunyo bo‘ylab 500 dan ortiq yangi odamlar milliarderlar ro‘yxatiga kiritildi.
Sun’iy intellekt sohasida 2025 yilda rekord darajadagi faollik kuzatildi, deb yozdi nashr. Investorlar bu sohaga 200 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Forbes milliarderlari ro‘yxatiga 2025 yil oxirida butun dunyodan 3028 kishi kiritilgan - bu o‘tgan yilga nisbatan 247 kishiga ko‘p.
Dunyodagi eng boy odamlarning umumiy boyligi 2025 yilda rekord darajaga yetdi - 16,1 trillion dollar. Bu 2024 yilga nisbatan qariyb 2 trln dollarga ko‘p. Milliarderlar soni bo‘yicha yetakchilikni AQSh (902 kishi) ushlab turibdi, undan keyingi o‘rinlarni Xitoy (516) va Hindiston (205) egallagan.
Mavzuga oid
20:12 / 01.07.2026
AQSh hukumati xorijliklarning Anthropic SI modellaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
18:41 / 23.06.2026
G‘arb razvedkasi SI kiberhujumlarining yangi tahdidi haqida ogohlantirdi
14:38 / 23.06.2026