Jahon | 16:26 / 09.02.2024
11567
4 daqiqa o‘qiladi
Navbatdagi asirlar almashuvi va ta’mirdan frontga qaytgan tanklar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 715-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy Valeriy Zalujniy o‘rniga Oleksandr Sirskiyni Ukraina QK bosh qo‘mondoni etib tayinladi.
- AQSh Senati Ukraina, Isroil va Tayvan uchun 95,3 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatish loyihasini ko‘rib chiqish uchun ovoz berdi. Bu loyihada AQShning janubiy chegaralarini mustahkamlash va himoya qilish istisno etilgan.
- Markaziy saylov komissiyasi urushga qarshiligini aytgan yagona nomzod Boris Nadejdin uchun to‘plangan imzolarda nuqson topdi va uni ro‘yxatga olmadi.
- The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Il-76 samolyoti amerikaliklarning Patriot kompleksidan otilgan raketa bilan urib tushirilgani haqida xulosaga kelgan.
- Ukraina va Rossiya harbiy asirlar almashinuvini o‘tkazdi — 100 ga 100 formatida.
Zelenskiy va Zalujniy bosh qo‘mondonning iste’fosi bo‘yicha uchrashuvda
Asirlikdan qaytarilgan ukrain jangchilarining navbatdagi guruhi
Rossiya va Ukraina 8 fevral kuni harbiy asirlarning navbatdagi almashinuvini o‘tkazdi — Ukrainaga 100 kishi qaytdi, Kiyev ham Moskvaga shuncha asirni topshirgan. Bu 24 yanvar kuni Belgorod oblastida Il-76 samolyoti halokatga uchraganidan keyin Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘tkazilgan ikkinchi almashuv bo‘ldi.
Odessada dronlarni boshqarish bo‘yicha darslar
Ukrainlarning ta’mirlashdan keyin frontga qaytgan tanki va uning ekipaji Baxmut yaqinida
Mavzuga oid
11:40
Germaniya Ukraina harbiylarining davolanishi uchun yana 50 mln yevro ajratadi
20:06 / 18.09.2024
Dronlar Tver oblastiga hujum qildi. U yerda raketa arsenali joylashgan
12:40 / 18.09.2024
Germaniya Ukrainaga qishki yordam uchun 100 mln yevro ajratadi
12:20 / 18.09.2024