Kiyevdagi shifoxonalar Belarus «KGB» rahbarining tahdidlaridan keyin evakuatsiya qilinyapti
Kiyev ma’muriyatining Telegram-kanali raqiblar kasalxonalarga zarba berilishini «e’lon qilgani» to‘g‘risida xabar tarqatdi.
Kiyevdagi ikkita shifoxona Belarus «KGB» rahbari ularda «terrorchilar uyasi» borligini aytganidan keyin evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda 26 aprel, juma kuni Kiyev shahar davlat ma’muriyatining Telegram-kanali xabar berdi. Xabarda aytilishicha, Ivan Tertel o‘z so‘zlari bilan tibbiyot muassasalariga zarba berilishini «e’lon qilgan».
Belarus «KGB» rahbari: Ukraina tomonida jang qilayotgan belaruslar chegaradagi aholi punktini egallab olmoqchi
Bir kun oldin «Belorusskoye telegrafnoye agenstvo» (BELTA) Belarus KGB raisi Ivan Tertelning VII Umumbelarus xalqi assambleyasidagi nutqi videosini tarqatdi. Unda u Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qilayotgan belaruslik ko‘ngillilar go‘yoki respublikaning Ukraina bilan chegaradosh aholi punktlaridan birini egallashni rejalashtirayotganini da’vo qiladi.
«Terrorizmga qarshi kurashda biz urush qonunlariga muvofiq, qat’iy va ikkilanmasdan harakat qilamiz», dedi Tertel. Uning so‘zlariga ko‘ra, «terrorchilar» Bogatirskaya ko‘chasidagi Kiyev kasalxonalarini o‘z uylari sifatida tanlagan, «ular kasal bolalarning ortiga yashiringan».
Kiyev rasmiylari Belarus «KGB» rahbarining bayonotlarini «mutlaqo yolg‘on va provokatsiya» deb atab, «dushman bundan poytaxtning ijtimoiy infratuzilmasiga hujum qilish uchun foydalanmoqchi» deya tushuntirdi. «Kasal bolalar, ularning ota-onalari va tibbiyot xodimlarini himoya qilish maqsadida poytaxt rasmiylari hozirda bemorlar va shifokorlarni poytaxtdagi boshqa tibbiyot muassasalariga olib borish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda», — deyiladi Kiyev shahar ma’muriyati bayonotida.
Mavzuga oid
14:40 / 30.10.2024
Kiyev va Seul KXDRga qarshi turish uchun aloqalarni faollashtirmoqda
08:40 / 30.10.2024
FT: RF va Kiyev energoobektlarga hujumlarni to‘xtatishni muhokama qilmoqda
10:50 / 26.10.2024
G7 Kiyevga RF aktivlaridan mablag‘ ajratish tartibini hal qildi
09:50 / 25.10.2024